Gadjetlar

16000 mA/soat batareya va 512 GB xotiraga ega zirhli smartfon taqdim etildi

Narxi hali aniq emas
16000 mA/soat batareya va 512 GB xotiraga ega zirhli smartfon taqdim etildi / Foto: Oukitel

Oukitel kompaniyasi tomonidan yangi Oukitel WP56 nomli yangi himoyalangan smartfoni rasman taqdim etildi. U 16000 mA/soat batareya va 512 GB xotiraga ega.

Qurilma uch darajadagi himoyaga ega bo‘lib, chang, suv va zarbaga chidamli (IP68, IP69K, MIL-STD-810H).

Smartfonning asosiy afzalliklaridan biri – 16000 mA/soat sig‘imdagi ulkan akkumulyator. U 45 Vt quvvatda zaryadlanadi va boshqa qurilmalarni 18 Vt quvvat bilan zaryadlash imkonini beradi.

Orqa panelida kuchli kamping fonar va 128 dB balandlikdagi karnay joylashgan.

Oukitel WP56 nomli yangi himoyalangan smartfoni / Foto: Oukitel

WP56 Mediatek Dimensity 7050 protsessori bilan jihozlangan. AnTuTu testida bu chip 580 ming ball to‘playdi. Ekran 6,8 dyuym, Full HD+ aniqlikda va 120 Gts yangilanish tezligiga ega. Old kamera – 32 MP, asosiy kamera esa 108 MP Samsung HM6 moduli bilan ishlaydi.

Foto: Oukitel

Smartfonda Wi-Fi 6, NFC, Bluetooth 5.2, xotira kartasi uchun slot mavjud. Qurilma 12 GB operativ va 512 GB doimiy xotira bilan faqat bitta konfiguratsiyada chiqadi. Sotuvlar 1-iyuldan boshlanadi. Narxi keyinroq e’lon qilinadi.

Oukitel – bu Xitoyda joylashgan smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya. Uning smartfonlari, asosan, ekstremal sharoitda foydalanish uchun mo‘ljallangan telefonlar ishlab chiqaradi. Oukitel smartfonlari uzoq muddatli batareya ishlash muddati, suv va changga chidamli dizayn, shuningdek, yuqori hajmdagi xotira bilan ajralib turadi.

Foto: Oukitel

Oukitel qurilmalari odatda sayohatchilar, qurilish sohasida ishlovchilar yoki soddaligi bilan ishonchli telefon izlovchilar uchun mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oukatel 11000 mA/soat akkumulyatorli smartfon taqdim etgani haqida yozgan edi.