Yangiliklar

Aleksandr Novak Rossiya O‘zbekistonda to‘rtta AES bloki qurishi haqida ma’lum qildi

AES
To‘rtta blok (ikkita kichik, ikkita katta) quriladi
Aleksandr Novak Rossiya O‘zbekistonda to‘rtta AES bloki qurishi haqida ma’lum qildi / Foto: Depositphotos

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya O‘zbekistonda 2 GVt quvvatga ega yirik atom elektr stansiyasini qurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, a 55 MVt quvvatga ega ikkita blok ham barpo etiladi.

«AES qurilishining aniq iqtisodiy parametrlari muhokama qilinmoqda. Bu 1000 MVt quvvatga ega ikkita energoblok va 55 MVt quvvatga ega ikkita kichik blok bo‘ladi. O‘zbekistonda avval kichik quvvatli atom stansiyasini amalga oshiramiz”, – deya ta’kidlagan Novak.

Xo‘sh, O‘zbekiston qurilishi rejalashtirilgan AES haqida nimalar ma’lum?

Aleksandr Novak AES haqida nima dedi / Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda kichik AESning birinchi blokini ishga tushirish 2029-yil oxirigacha rejalashtirilgan bo‘lib, prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

O‘zbek korxonalari Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishida ishtirok etadi. Kompaniyalar sement, armatura, metall konstruksiyalar va elektr kabellari yetkazib beradi. Shuningdek, tadbirkorlar yo‘llar, suv ta’minoti tizimlari va infratuzilma qurilishida ishtirok etadi.

Avvalroq «Rosatom» O‘zbekistonda katta va kichik atom elektr stansiyalarini qurishi haqida yozgan edik. Yirik AES qurilishining aniq muddatlari hali ochiqlanmadi. Biroq «Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachevning aytishicha, kichik AES uchun beton quyish ishlari 2026-yilga rejalashtirilgan.

Qurilish ishlari shu yil yozda boshlanishi, foydalanishga topshirilishi esa 2029 – 2033-yillarga belgilangan.

Bu «Rosatom»ning xorijdagi birinchi kichik AES loyihasi hisoblanadi. Qurilishni moliyalashtirish O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha Xitoyda uch tomonlama muzokaralar boshlangani haqida yozgan edik.