
2025-yilda Andijon viloyatida baliq yetishtirish va qayta ishlash yo‘nalishida umumiy qiymati 25,7 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 13 ta korxonani ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Mazkur loyihalar doirasida kamida 117 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Yillik baliq ovlash hajmi 24,2 ming tonnaga yetkazilishi kutilmoqda. 2025-yil yanvar oyidan boshlab viloyatda qiymati 16,6 mlrd so‘mlik 5 ta yangi baliqchilik xo‘jaligi faoliyat boshlagan.
Eng ko‘p baliq yetishtirish va qayta ishlash korxonalari Ulug‘nor tumanida joylashgan. O‘tgan yilda viloyatda qiymati 52,4 mlrd so‘mlik 25 ta loyiha amalga oshirilib, baliq yetishtirish hajmi yillik 21,7 ming tonnaga yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon do‘ppisi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.