AQSh talaba vizalarini qayta tikladi

AQSh xorijlik talabalar uchun viza arizalarini ko‘rib chiqishni qayta tikladi. Endilikda arizachilar o‘z ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘rib chiqish uchun ochiq qilishlari talab etiladi.
Davlat departamentiga ko‘ra, akkauntlar «jamoatga ochiq» bo‘lmasa, bu yashirin faoliyat sifatida baholanishi mumkin.
Yangi tartib bo‘yicha barcha talaba va almashinuv dasturlari ishtirokchilari chuqur tekshiruvdan o‘tkaziladi. Konsullik xodimlari AQShga nisbatan salbiy munosabatlar belgilariga e’tibor qaratadi.
Avvalroq Trump ma’muriyati talabalar uchun viza suhbatlarini vaqtincha to‘xtatgan edi. Endi esa viza olish tartibi yangi shart va talablar bilan qayta tiklandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh rezidentligi uchun $5 millionlik «oltin karta» dasturini e’lon qilgan edi.