Dollar 12 500 so‘mdan tushdi

O‘zbekiston valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 20-iyun kuni dollar kursi 62,32 so‘mga pasayib, 12 496,94 so‘m qilib belgilandi.
- Oldingi kurs (19-iyun): 12 559,26;
- Yangi kurs: 12 496,94;
- O‘zgarish: -62,32 so‘m.
Avvalroq AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edik. 2025-yil 9-iyundan 13-iyungacha AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha kursi 12 712,05 so‘mdan 12 760,21 so‘mga yuqoriladi. 16-iyun kuni kurs yana pasayib, 12 715,13 so‘mga tushdi, 17-iyun kuni esa 12 668,14 so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 7,79 so‘mga pasayib, 14 405,22 so‘mni, rubl esa 0,79 so‘mga pastlab, 159,38 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edik. 2025-yil 9-iyundan 13-iyungacha AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha kursi 12 712,05 so‘mdan 12 760,21 so‘mga yuqoriladi. 16-iyun kuni kurs yana pasayib, 12 715,13 so‘mga tushdi, 17-iyun kuni esa 12 668,14 so‘mni tashkil etdi.
AQSh dollari haftani 12712,05 so‘m bilan boshlab, 10-iyunda 12 674,37 so‘mni qayd etdi. Eng ko‘p pastlash 11-iyunda kuzatildi. O‘sha kuni 1 AQSh dollari 12 646,56 so‘mga teng bo‘ldi. 12-iyun kuni AQSh dollarida yuqorilash kuzatilib, 12 705,79 so‘mni tashkil etdi. 13-iyun kuni 1 AQSh dollari 12 760,21 so‘mga teng bo‘lib, bu 9-iyunga nisbatan 48,16 so‘mga yuqorilaganini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri dollar bo‘yicha yangi prognozlar e’lon qilgani haqida yozgan edi.