Geely Galaxy A7 EM-i rasmiy taqdim etildi

20-iyun 2025 11:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Geely Galaxy A7 EM-i rasmiy taqdim etildi / Foto: CarNewschina

Geely kompaniyasi tomonidan yangi Galaxy A7 EM-i nomli gibrid sedani rasman taqdim etildi. Bu model Geely Electric Architecture (GEA) platformasida qurilgan va kompaniyaning yangi EM AI Super Hybrid 2.0 tizimi bilan jihozlangan. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Yangi A7 EM-i 1,5 litrli benzinli dvigatel va 175 kVt quvvatli elektromotor bilan ishlaydi. 0 dan 100 km/soat tezlikka atigi 7,1 soniyada chiqadi. Benzin yoqilg‘isi tugagan holatda 100 km uchun atigi 2,67 litr sarflaydi. Eng muhim ko‘rsatkichlardan biri – 2 100 km dan ortiq umumiy zaxira yurish masofasidir.

Foto: CarNewschina

Model uch xil LFP batareyaga ega variantda taklif etiladi: 8,5, 18,4 va 18,99 kVt/soat. Bu esa 55 dan 150 kilometrgacha faqat elektrda yurishni ta’minlaydi. Avtomobil aqlli energiya boshqaruvi tizimi bilan jihozlangan.

Tashqi ko‘rinishda «Galaxy Ripple» dizayni asosida ishlangan A7 EM-i yopiq panjara, 196 dona LED chiroq, trapezoid shaklidagi havo kirish joylari va xrom elementlarga ega. Uzunligi 4918 mm, g‘ildirak bazasi esa 2845 mm. U 19 dyuymli Continental shinalarda harakatlanadi va ko‘plab tashqi kameralar bilan jihozlangan.

Foto: CarNewschina

Salon Starshine 8 modeliga o‘xshash bo‘lib, 15,4 dyuymli markaziy ekran, 12,3 dyuymli raqamli panel va Flyme Auto tizimi bilan ishlaydi. CarPlay, HiCar, Flyme Link qo‘llab-quvvatlanadi. A7 EM-i 2025-yil oxirida savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Geely – Xitoyning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib, 1986-yilda asos solingan. Kompaniya dastlab mototsikllar ishlab chiqargan, keyinchalik avtomobil sanoatiga kirib kelgan. Bugungi kunga kelib Geely nafaqat Xitoy, balki butun dunyo bozorida mashhur brendga aylangan.

Foto: CarNewschina

U Volvo, Lotus va Smart kabi global avtomobil kompaniyalarining egasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Geely EX5 elektr krossoveri Adriatika bozorlariga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek