Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilayotgan ishlarimiz o‘z samarasini berayapti – prezident

34 ta sog‘liqni saqlash muassasalarida pullik xizmatlarni raqamlashtirish hisobiga tushum 15 mlrd so‘mga oshgan
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilayotgan ishlarimiz o‘z samarasini bermoqda / Foto: Depositphotos

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini bera boshlaganini ta’kidladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari birgina misol sifatida viloyatdagi 34 ta sog‘liqni saqlash muassasalarida pullik xizmatlarni raqamlashtirish hisobiga tushum 15 mlrd so‘mga oshganini keltirdi. Shu munosabat bilan mas’ullarga bir oy ichida, ayniqsa, korrupsiyaviy holatlar ko‘p qayd etilayotgan ta’lim, bandlik va qurilish sohalarida tajribani ommalashtirish kerakligini qayd etdi. Viloyatni «korrupsiyadan xoli» hududga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlarni boshlash topshirilgan.

Yig‘ilishda viloyat va respublika darajasidagi rahbarlarning hisoboti, tadbirkor va faollar fikr-mulohazalari tinglangan.

Avvalroq Qashqadaryoda kartoshka yetishtirish uchun 10 foizlik imtiyozli kreditlar ajratilishi haqida yozgan edi.