
Oʻzbekistonning Kashif Ferghani kompaniyasi Afgʻonistonga poyabzal yetkazib berish boʻyicha Afgʻoniston Cyber kompaniyasi bilan $9,5 millionlik shartnoma imzoladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Shartnoma O‘zbekiston delegatsiyasining Mozori Sharifga tashrifi chog‘ida imzolandi. Afg‘onistonlik tadbirkorlar O‘zbekistondan maxsus poyabzal, charm sotib olishga ham qiziqish bildirmoqda.
2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston korxonalari 82,5 mln juft poyabzal ishlab chiqargan. O‘tgan yili charm mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 548,8 mln.
Joriy yilning may oyi boshida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $504,5 mlnni tashkil etdi. Qo‘shni davlat O‘zbekistonning yetakchi savdo hamkorlari o‘ntaligiga kiradi.
Avvalroq Tolibon 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarni Afg‘oniston – O‘zbekiston chegara bozoridan chetlatgani haqida yozgan edik.