O‘zbekiston qilichbozlari Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
eʼlon qilindi
Gonkong ustidan qozonilgan g‘alaba evaziga

Indoneziyaning Bali shahrida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy dasturda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, vakillarimiz dastlab Makaoni 45:15 hisobida yengib, chorak finalda Xitoyni 45:43 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda esa Yaponiyaga 44:45 hisobida imkoniyat boy berildi.
Uchinchi o‘rin uchun bellashuvda esa Gonkong ustidan 45:39 hisobida g‘alaba qozonildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2027-yil iyul oyida O‘zbekistonda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.