
Indoneziyaning Bali shahrida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy dasturda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, vakillarimiz dastlab Makaoni 45:15 hisobida yengib, chorak finalda Xitoyni 45:43 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda esa Yaponiyaga 44:45 hisobida imkoniyat boy berildi.
Uchinchi o‘rin uchun bellashuvda esa Gonkong ustidan 45:39 hisobida g‘alaba qozonildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2027-yil iyul oyida O‘zbekistonda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.