O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy – Mo‘g‘uliston koridorida birinchi yuk tashuvi amalga oshirildi

eʼlon qilindi
Yuk 8 kunda manzilga yetkazildi
O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy – Mo‘g‘uliston koridorida birinchi yuk tashuvi amalga oshirildi/Foto: Transport vazirligi

O‘zbekiston Transport vazirligi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy – Mo‘g‘uliston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi pilot yuk tashuvi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi transport koridori O‘zbekiston mahsulotlarini Osiyoning yangi bozorlariga olib chiqish imkonini beradi. 4,5 ming km masofani o‘z ichiga olgan yo‘l Oltoy tog‘lari orqali o‘tib, ba’zi qismlari dengiz sathidan 1,5 ming metr balandlikka chiqadi. Yuk 8 kunda manzilga yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Salang dovonida yuk tashuvlari qayta tiklangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek