Qashqadaryoda «G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu» yo‘lining 100 kilometri rekonstruksiya qilinadi

eʼlon qilindi
Bu orqali hududning tranzit salohiyati 3 barobar oshishi kutilmoqda
Foto: alexgukbo / www.depositphotos.com

«G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu» avtomobil yo‘lining viloyatdan o‘tgan 100 kilometri rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Bu orqali hududning tranzit salohiyati 3 barobar oshishi kutilmoqda.

Shuningdek, Qarshi shahridagi yangi aylanma yo‘lning 13 kilometri ham loyiha doirasiga qo‘shiladi. Bu tirbandlik muammosini bartaraf etishga xizmat qiladi. Kelgusi yildan amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

«Qarshi – Shahrisabz – Kitob» magistral yo‘lining 106 kilometri 4 tasmagacha kengaytiriladi. Bu yo‘lning 34 kilometri Qamashi va Yakkabog‘ tumanlarini chetlab o‘tadi.

Mazkur yo‘l bo‘ylab kamida 1 millionta daraxt ekilib, «yashil belbog‘» tashkil etiladi.

«Toshkent – Termiz» yo‘lining viloyatdagi 60 kilometri sement-beton qoplamaga o‘tkaziladi. Shu yo‘nalishda bu yil 20 kilometr yo‘l qurilishi yakunlanadi.

Qashqadaryoda mavjud 3 ming kilometr tuproq yo‘llarni shag‘al bilan qoplash ishlari boshlanadi. Shuningdek, 9 ta ko‘prik to‘liq ta’mirlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryoda kartoshka yetishtirish uchun 10 foizlik imtiyozli kreditlar ajratilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek