Qashqadaryoda «Islohotlar shtabi» tuziladi

eʼlon qilindi
Qashqadaryoda hali ishga solinmagan kamida $15 mlrdlik salohiyat mavjud
Qashqadaryoda «Islohotlar shtabi» tuziladi. Foto: Prezident matbuot xizmati

Qashqadaryoda «Islohotlar shtabi» tuziladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

20-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat rahbari o‘z nutqida viloyatdagi o‘zgarishlar, odamlar bilan muloqotlar asosida islohotlarning hayotga faol kirib borayotganini alohida ta’kidladi.

«Viloyatdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, odamlar bilan gaplashib, islohotlarimiz ularning hayotiga shiddat bilan kirib borayotganiga yana bir bor amin bo‘ldim. Oldinlari bitta viloyatdagi o‘zgarishlar bilan tanishishga bir kun yetardi. Shu kunlarga yetib keldik, hozir bitta tumanga bir hafta ham kam», — dedi prezident.

Prezident joriy hafta boshida hokimlarga yuqoridan topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib, proaktiv ishlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berganini eslatdi.

Uning aytishicha, Qashqadaryoda hali ishga solinmagan kamida $15 mlrdlik salohiyat mavjud. Agar ushbu imkoniyatlarning kamida uchdan biri real loyihalarga aylantirilsa, viloyat yalpi hududiy mahsuloti besh yil ichida bemalol $10 mlrddan oshadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryoda $400 millionlik 117 ta turizm loyihalari amalga oshirilayotgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek