Qashqadaryodagi texnoparkda 400 mln dollarlik 35 ta loyiha ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
Bu orqali joriy yilda ip-kalavani qayta ishlash darajasini 51 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi
400 mln dollarlik 35 ta loyiha ishga tushiriladi. Foto: depositphotos.com

Qashqadaryodagi texnoparkda $400 mlnlik 35 ta loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Muborakdagi Gazni qayta ishlash zavodi atrofida mavjud infratuzilma va temir yo‘l bilan ta’minlangan 200 gektar maydonda innovatsion sanoat zonasi tashkil etiladi. Mazkur hududda klaster tizimi asosida 5 ta yirik loyiha – neft-kimyo, elektrotexnika, robototexnika va qurilish materiallari yo‘nalishlarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Viloyat paxta yetishtirish bo‘yicha yetakchi bo‘lsa-da, to‘qimachilik sanoatidagi ulushi 10 foizga ham yetmaydi. Ayni vaqtda yiliga ishlab chiqarilayotgan 100 ming tonna ip-kalavaning atigi 28 foizi qayta ishlanmoqda.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Kosonda 40 gektar maydonda tashkil etilgan yangi texnoparkda $200 mlnlik 12 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Biroq texnoparkda suv tozalash inshooti va kanalizatsiya tizimi mavjud emasligi sababli loyihalar to‘xtab qolgan. Shu bois mas’ullarga texnopark infratuzilmasini barpo etish uchun mablag‘ ajratish topshirig‘i berildi.

Umumiy hisobda $400 mlnlik 35 ta loyihani ishga tushirish, joriy yilda ip-kalavani qayta ishlash darajasini 51 foizga, kelgusi yilda esa 100 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Chirchiq» texnoparkining 53% mahsuloti eksport qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek