
Samsung iyun oyi xavfsizlik yangilanishini chiqardi. Bu yangilanish One UI tizimidagi 19 ta zaiflikni bartaraf etadi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
Yangilanish quyidagi eski flagman modellarga taalluqli: Galaxy S21, S21 Plus, S21 Ultra, S22, S22 Plus va S22 Ultra. Shuningdek, o‘rta toifadagi Galaxy A55, A54 va A36 modellari ham yangilanish oldi.
Galaxy S22 liniyasi uchun yangilanish birinchi bo‘lib Janubiy Koreyada chiqdi. Yaqin haftalarda boshqa mamlakatlarga ham tarqatilishi kutilmoqda. Bu Samsung uchun odatdagi tartib.
Yangilanish Android tizimidagi xavfli xatoliklarni ham tuzatadi. Shuningdek, Samsung protsessorli qurilmalar uchun maxsus patchlar ham kiritilgan.
Samsung – Janubiy Koreyada joylashgan yirik texnologik kompaniya. U 1938-yilda tashkil topgan. Hozirda Samsung dunyodagi eng mashhur smartfon, televizor va boshqa elektron qurilmalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Kompaniya Android operatsion tizimida ishlovchi Galaxy smartfonlari bilan tanilgan. Bundan tashqari, Samsung muzlatkich, kir yuvish mashinasi, planshet, noutbuk va televizorlar ham ishlab chiqaradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung kompaniyasi yaqinda taqdim etgan juda yupqa Galaxy S25 Edge smartfoni 3900 mA/soat sig‘imli akkumulyatori sabab tanqid ostida qolgani haqida yozgan edi. Ko‘pchilik kompaniya dizayn uchun quvvatdan voz kechdi, deb o‘yladi. Biroq yangi ma’lumotlarga ko‘ra, bu fikr unchalik to‘g‘ri emas.