Yangiliklar

Shahrisabzda fransuzcha uslubdagi agroturizm bog‘i barpo etildi

Bog‘da yiliga 7,5 ming tonna mahsulot yetishtirish mumkin
Shahrisabzda fransuzcha uslubdagi agroturizm bog‘i barpo etildi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida ushbu majmuani ko‘zdan kechirdi va uni tog‘li hududlarni o‘zlashtirishdagi namuna sifatida baholadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Unga ko‘ra, ilgari quruq adir bo‘lgan hudud endi yam-yashil boqqa aylangan. Shahrisabzda 520 gektar maydonda uzum, gilos va olma yetishtirilayotgan agroturizm majmuasi tashkil etildi. Bu yerda tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yilib, Fransiyadan keltirilgan navlar ekilgan.

Foto: President.uz

Yiliga 7,5 ming tonna mahsulot yetishtirish imkoniga ega bog‘ $5 mlnlik eksport salohiyatiga ega. U yerda 100 doimiy va mingdan ortiq mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan.

Foto: President.uz

Majmuada restoran, mehmonxona, agrologistika markazi va o‘quv markazi ham qurilgan. Kelgusida bunday bog‘larni boshqa tog‘li tumanlarda ham barpo etish rejalashtirilgan.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahrisabzda qiymati $1,5 millionlik yangi kichik GES qurib bitkazilgan edi.