Sirdaryoda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sirdaryoda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXX viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ilgari sudlangan fuqaro va boshqalar, fuqaroga $100 kupyuralarda qalbaki $1,6 mingni 10,2 mln so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament Samarqandda qalbaki alkogol mahsulotlari fosh etgan edi.

Shuningdek