Yangiliklar

Telegram iPhone’da endi yaxshiroq ishlaydi

Guruhli chatlarda ro‘yxat muallifi boshqa ishtirokchilarga yangi vazifalar qo‘shish huquqini berishi mumkin
Foto: Infotg

Telegram’ning iOS uchun 11.13 (30945) beta versiyasida yangi «vazifalar ro‘yxati» funksiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Betainfo xabar berdi.

Ushbu imkoniyat foydalanuvchilarga shaxsiy va guruhli chatlarda vazifalarni rejalashtirish va boshqarishni osonlashtiradi.

Har bir ro‘yxatda 30 tagacha vazifa kiritish mumkin. Guruhli chatlarda ro‘yxat muallifi boshqa ishtirokchilarga yangi vazifalar qo‘shish huquqini berishi mumkin.

Yana bir foydali imkoniyat – vazifalarning bajarilganlik holatini jamoaviy boshqarish. Foydalanuvchilar vazifani bajarganini belgilashi yoki belgisini olib tashlashi mumkin. Bajarilgan vazifalar yonida uni bajargan foydalanuvchining avatari ko‘rinadi.

Ushbu yangi funksiyaning joriy etilishi Telegram’da jamoaviy loyihalar ustida ishlashni yanada qulaylashtirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Malayziyada Telegram vaqtincha bloklangani haqida yozgan edi.