Xiaomi Redmi K80 Extreme Edition smartfonini taqdim etdi

20-iyun 2025 14:46 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Redmi K80 Extreme Edition
Xiaomi Redmi K80 Extreme Edition smartfonini taqdim etdi / Foto: Xiaomi

Xiaomi Redmi K80 Extreme Edition (yoki K80 Ultra) smartfonini taqdim etdi. Bu model kompaniya tarixidagi eng ilg‘or va kuchli flagman sifatida ko‘rilmoqda.

Smartfon 6,83 dyuymli 2K OLED ekranga ega, 144 Gs yangilanish tezligi bilan. Ekran yorqinligi 3200 nitga yetadi, ramkasi esa mustahkam metalldan yasalgan.

Ichki qismda Dimensity 9400+ chipi va kuchli sovutish tizimi o‘rnatilgan. AnTuTu benchmarkida qurilma rekord 3,24 million ball to‘plagan.

Foto: Xiaomi

Smartfonda 7410 mA/soat sig‘imli akkumulyator mavjud, 100 Vt tez zaryadlanadi. Bu Redmi tarixidagi eng bardoshli model sifatida e’lon qilindi.

Asosiy kamera 50 MP, f/1.88 diafragma, OIS bilan Light Hunter 800 sensori. 8 MP keng burchakli kamera ham bor. Video 4K va 1080p formatda yoziladi. Selfi kamerasi haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Smartfon «eng zo‘r vibromotor», IP68 himoya, NFC, Wi-Fi 7 bilan taqdim etilgan. U Android 15 asosidagi HyperOS 2 tizimi bilan ishlab chiqariladi.

Foto: Xiaomi

Redmi K80 Extreme Edition’ning boshlang‘ich narxi 2999 yuan ($417) deb belgilangan.

Shuningdek