Hafta davomida dollar kursi qanchaga pasaydi

O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasidagi (O‘zRVB) ma’lumotlarga ko‘ra, hafta davomida dollar kursi 218,19 so‘mga pastladi.
Markaziy bank e’lon qilgan rasmiy kurslarga ko‘ra, AQSh dollarining qiymati 2024-yil 16-iyundan 20-iyungacha pasayish tendensiyasini ko‘rsatdi.
16-iyun kuni 1 dollar 12 715,13 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 17-iyunda 12 668,14 so‘mga tushdi. AQSh valyutasi 18-iyunda 12 618,63 so‘mga pastladi. 19-iyun kuni dollar yana biroz arzonlab, 12 559,26 so‘mni tashkil etdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 20-iyun kuni dollar kursi 12 496,94 so‘mga tenglashdi.
Shu tariqa, besh kun ichida AQSh dollari qiymati 218,19 so‘mga kamaydi. Bu esa ichki valyuta bozorida dollar kursining sezilarli darajada pasayayotganini ko‘rsatmoqda.

O‘tgan haftada 9-iyundan 13-iyungacha AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha kursi 12 712,05 so‘mdan 12 760,21 so‘mga yuqoriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri dollar bo‘yicha yangi prognozlar e’lon qilgani haqida yozgan edi.
Alif kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbari Nuriddin Lafizovning ta’kidlashicha, «2025-yilda so‘m hatto skeptiklarni ham hayratda qoldirdi». Agar yil boshida dollar qariyb 12 920 so‘m turgan bo‘lsa, 2-iyunga kelib rasmiy kurs 12 790 so‘mga tushdi. AQSH valyutasi pasayishda davom etmoqda.
Bu milliy valyutaning qariyb 1% ga mustahkamlangani bildiradi. Bu jarayonning asosiy omillaridan biri Markaziy bankning mart oyidagi harakati bo‘lib, u bazaviy stavkani yillik 14% ga oshirdi.