
Andijon shahridagi Yorboshi mahallasida joylashgan savdo do‘konida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Departamentning Andijon shahar bo‘limi va Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tamaki mahsulotlari bilan savdo qilgani ma’lum bo‘ldi. Tadbir davomida do‘kondan umumiy bahosi 44,7 mln so‘mlik 3 249 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda qalbaki alkogol mahsulotlari fosh etilgan edi.