Eron Isroilga 30 ga yaqin raketa hujumi uyushtirdi, jabrlanganlar bor – video

22-iyun tongida Eron Isroilga 20 – 30 ta ballistik raketa uchirdi. Mamlakat aholiga zudlik bilan boshpanalarga o‘tish buyurildi, deya yozmoqda The Times of Israel.

Raketalarning ba’zilari Tel-Aviv, Nes-Tsiona va Hayfa shaharlaridagi turarjoy hududlariga tushgan. «Magen David Adom» tibbiy xizmati kamida 16 kishi jarohat olganini tasdiqladi. Eron rasmiylari hujum nishonlari sifatida Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroporti, logistika bazalari, ilmiy va harbiy markazlarni ko‘rsatdi.
Mazkur hujum AQShning o‘tgan tun Eronning Fordo, Natanz va Isfahondagi yadro obyektlariga bergan zarbasidan keyin boshlangan.
IDF ma’lum qilishicha, Isroil harbiy-havo kuchlari Eronning g‘arbiy hududlaridagi raketa qurilmalari va askarlariga qarshi javob zarbalari bergan va raketa tizimlarini tezda yo‘q qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp buyrug‘i bilan Eron yadro obyektlariga zarba berilgani haqida xabar qilgan edik.