Yangiliklar

Ilon Mask: Grok 3.5 insoniyat bilimlarini qayta yozadi

U Grok 3 asosida yaratilgan
Ilon Mask: Grok 3.5 insoniyat bilimlarini qayta yozadi / Foto: Midjourney

Ilon Mask o‘zining X tarmog‘ida yangi sun’iy intellekt modeli – Grok 3.5 yordamida insoniyat bilimlarini qayta yozishini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, mavjud modellar ko‘plab xatolar va yetishmayotgan ma’lumotlarga ega bo‘lib, bu yangi model orqali tuzatiladi.

Grok 3.5 modeli ilgari chiqarilgan Grok 3 asosida yaratilgan bo‘lib, 200 mingta Nvidia grafik protsessorida o‘qitilgan. U matematika, fan va dasturlash bo‘yicha mashhur standart testlarda yuqori natijalar ko‘rsatib, GPT-4o va Gemini kabi ilg‘or modellarni ortda qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram’da Grok sun’iy intellektli chatboti ishga tushirilishi haqida yozgan edik.