Gadjetlar

Redmi K80 Ultra kamerasi bilan olingan suratlar taqdim etildi – foto

Tasvirlar kunduzi kuni olingan
Redmi K80 Ultra kamerasi bilan olingan suratlar taqdim etildi / Foto: Redmi

Redmi kompaniyasi yaqin haftalarda taqdim etilishi kutilayotgan yangi flagmani – Redmi K80 Ultra kamerasi bilan olingan suratlarni e’lon qildi. Tasvirlar yorug‘ kunda olingan bo‘lib, 2x va 4x kattalashtirish imkoniyatlari namoyish etilgan.

Foto: Redmi

Smartfon 50 megapikselli optik barqarorlashtirish tizimiga ega asosiy kamera bilan jihozlanadi. Kamera sensori Xiaomi 15 Pro’dagi Leica bilan ishlab chiqilgan Light Hunter 900 bo‘lishi mumkin.

Foto: Redmi

Redmi K80 Ultra kuchli Dimensity 9400+ chipi bilan taqdim etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, rasmiy taqdimot kelasi haftaga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi Redmi K80 Extreme Edition smartfonini taqdim etgani haqida xabar bergan edik.