
Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi ayrim tadbirkorlar tomonidan Janubiy Koreyaning mashhur avtomobil brendlari – «Hyundai» va «Kia» kompaniyalariga tegishli tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Huquq egalarining rasmiy murojaatlari asosida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida ushbu belgilar bino peshlavhalarida qonunga xilof ravishda joylashtirilgani tasdiqlandi.
Natijada belgilarning olib tashlanishi ta’minlandi, qonunbuzarlik holatlari joyida bartaraf etildi hamda tadbirkorlarga nisbatan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzum Market kontrafakt mahsulotlar savdosi bo‘yicha munosabat bildirgan edi.