Britaniya hukumati sayt logotipini yangilashga $714 ming sarfladi

23-iyun 2025 10:48 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Britaniya hukumati sayt logotipini yangilashga $714 ming sarfladi / Foto: Daily Mail

Buyuk Britaniya hukumati rasmiy gov.uk saytining logotipini yangilashga 532 ming funt sterling ($714 ming) sarfladi. Bu haqda Daily Mail nashri ma’lum qildi.

Tanqidchilarning fikricha, bu o‘zgarish faqatgina rang almashtirish va nuqtaning joylashuvini o‘zgartirishdan iborat bo‘lib, keraksiz xarajatga aylangan. Yangi logotipda sarlavha ko‘k rangga, nuqta esa firuza rangga o‘zgartirilgan. Loyiha M&C Saatchi reklama agentligiga topshirilgan.

Reform UK partiyasi bu ishni soliq to‘lovchilarning pullarini behuda sarflash deb baholab, hukumatni tanqid qildi. Yangi logotip davlat xizmatchilari va foydalanuvchilar orasida salbiy munosabatga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Twitter «ko‘k qushi» kimoshdi savdosida qariyb $35 ming sotilgan edi.

Shuningdek