Dollar keskin pasayishda davom etmoqda

O‘zbekiston valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 23-iyun kuni dollar kursi 85,95 so‘mga pasayib, 12 410,99 so‘m qilib belgilandi.
- Oldingi kurs (20-iyun): 12 496,94;
- Yangi kurs: 12 410,99;
- O‘zgarish: -85,95 so‘m.
Avvalroq AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edik. 16-iyun kuni 1 dollar 12 715,13 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 17-iyunda 12 668,14 so‘mga tushdi. AQSh valyutasi 18-iyunda 12 618,63 so‘mga pastladi. 19-iyun kuni dollar yana biroz arzonlab, 12 559,26 so‘mni tashkil etdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 20-iyun kuni dollar kursi 12 496,94 so‘mga tenglashdi.
Shu tariqa, besh kun ichida AQSh dollari qiymati 218,19 so‘mga kamaydi. Bu esa ichki valyuta bozorida dollar kursining sezilarli darajada pasayayotganini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 167,33 so‘mga pasayib, 14 237,89 so‘mni, rubl esa 1,00 so‘mga pastlab, 158,38 so‘mni tashkil qildi.
Qaysi banklarda AQSh valyutasini qulay narxlarda almashtirish mumkin?
Shuningdek, «Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 23-iyun kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:
Banklarga sotish (USD – UZS):
- «Mybank» – 12 440 so‘m;
- «Garant bank» – 12 420 so‘m.
- «NBU» – 12 420 so‘m;
Banklardan sotib olish (UZS – USD):
- «Asaka bank» – 12 500 so‘m;
- «BRB» – 12 500 so‘m;
- «Tengebank» – 12 500 so‘m.
AQSh dollarining o‘zgarishi

AQSh dollari o‘tgan haftani 12712,05 so‘m bilan boshlab, 10-iyunda 12 674,37 so‘mni qayd etdi. Eng ko‘p pastlash 11-iyunda kuzatildi. O‘sha kuni 1 AQSh dollari 12 646,56 so‘mga teng bo‘ldi. 12-iyun kuni AQSh dollarida yuqorilash kuzatilib, 12 705,79 so‘mni tashkil etdi. 13-iyun kuni 1 AQSh dollari 12 760,21 so‘mga teng bo‘lib, bu 9-iyunga nisbatan 48,16 so‘mga yuqorilaganini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri dollar bo‘yicha yangi prognozlar e’lon qilgani haqida yozgan edi.