FIFA Abduqodir Husanovni tabrikladi

23-iyun 2025 09:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: BeSoccer

FIFA «Manchester Siti» va O‘zbekiston milliy terma jamoa himoyachisi Abduqodir Husanovni klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi debyuti bilan tabrikladi. Bu haqda Federatsiyaning instagramdagi sahifasida post qoldirildi.

Tabrikda o‘zbekistonlik futbolchi tarix yozishda davom etayotgani e‘tirof etilgan.

Foto: FIFA instagram

Ma’lumot o‘rnida, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati «G» guruhidan o‘rin olgan 2-tur «Manchester Siti» – «Al-Ayn» jamoalari o‘rtasidagi bahsda nominal mezbonlar g‘alaba qozondi. Abduqodir Husanov ushbu bahsni asosiy tarkibda boshlagan edi.

O‘yinning 58-daqiqasida raqibga qarshi qo‘pollik uchun Abduqodir Husanovga sariq kartochka ko‘rsatilib, 62-daqiqada esa u Oskar Bobb bilan almashtirilgan edi.

Avvalroq Husanov «Manchester Siti» jamoadoshlari oldida kuylagan edi.

Shuningdek