
GSMArena xabariga ko‘ra, Apple iPhone 17 modelini ikkita yangi rangda sinovdan o‘tkazmoqda. Ular binafsha va yashil ranglaridir. Biroq kompaniya faqat bittasini tanlashi mumkin. Hozircha binafsha rang ustunlik qilayotgani aytilmoqda.
Shuningdek, iPhone 17 Pro modeli uchun «moviy» rang ko‘rib chiqilmoqda. Bu rang telefon ko‘rinishini yangilashi kutilmoqda.
iPhone ranglari doim e’tibor tortadi, ammo bu safar eng katta yangilik ekran yangilanishi bilan bog‘liq. Avvalroq xabar berilishicha, iPhone 17 va 17 Air (iPhone Plus o‘rnini bosadi) modellari ilk bor 120 Hz yangilanish chastotasiga ega ekran bilan chiqadi. Biroq ProMotion funksiyasi bu modellarda bo‘lmaydi. Bu imkoniyat faqat Pro versiyalarda qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentning Chilonzor tumanida ikki nafar jinoyatchi do‘kondan 41 ta iPhone’ni o‘g‘irlab ketgani haqida yozgan edi.