Jizzaxda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi

eʼlon qilindi
3,5 mln so‘m qiymatdagi
Jizzaxda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi / Foto: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotib kelgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, departament va tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro boshqa bir fuqaroga 12 quti kuchli dorini 3,5 mln so‘mga sotayotgan paytda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sifat sertifikatisiz dorilarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgan edi.

Shuningdek