Komil Allamjonov Saidа Mirziyoyevaning mustaqil maslahatchisi bo‘ldi

eʼlon qilindi
U bir qator masalalarda ekspertlik yordamini ko‘rsatadi
Komil Allamjonov Saidа Mirziyoyevaning mustaqil maslahatchisi bo‘ldi / Foto: Allamjonov telegram kanali

Prezident Administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga Komil Allamjonov jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi etib tayinlandi. U innovatsion iqtisodiyot, investitsiyalarni jalb qilish, so‘z erkinligini ta’minlash va mustaqil OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ekspertlik yordamini ko‘rsatadi.

Shuningdek, prezident farmoniga ko‘ra, Bekzod Mavlonov Prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan huquqiy ekspertiza hamda kompleks tahlil bo‘yicha maslahatchi lavozimidan ozod etildi.

Aziz Magrupov esa prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U ilgari prezident yordamchisi lavozimida ishlagan.

Saidlaziz Saidkarimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan prezident Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, O‘tkirjon Qodirov prezident Administratsiyasining Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallar tayyorlash departamenti rahbari lavozimini tark etdi.

Jahongir Ibragimov esa prezident Administratsiyasining Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Saida Mirziyoyeva prezident Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek