Yangiliklar

O‘zbekiston fuqarolariga Isroil va Eronga safar qilmaslik tavsiya etildi

Mazkur mamlakatlarda bo‘lib turganlardan esa xavfsiz hududlarga chiqib ketishlari tavsiya etiladi
Isroil va Eronga safar qilmaslik tavsiya etildi. Foto: Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston fuqarolariga Isroil va Eronga safar qilmaslik tavsiya etildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) ma’lum qildi.

Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotgani O‘zbekistonda chuqur xavotir uyg‘otmoqda. O‘zbekiston doimo mintaqadagi barcha tomonlarni o‘zaro muzokaralar orqali tinchlik yo‘lida harakat qilishga chaqirib kelgan.

Shu munosabat bilan TIV fuqarolardan Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishni so‘ramoqda. Mazkur mamlakatlarda bo‘lib turgan fuqarolardan esa imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketishlari tavsiya etiladi.

Vazirlik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan. Fuqarolardan hushyorlikni saqlash va rasmiy e’lonlarni doimiy ravishda kuzatib borish so‘raladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari hushyorlikka chaqirilgani haqida yozgandi.