O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 25 foizga oshdi

eʼlon qilindi
2025-yildan boshlab
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 25 foizga oshdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri o‘rinbosari Fadilloh bin Yusuf boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mehmonlar Samarqandda o‘tayotgan BMT forumida ishtirok etish hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan.

Foto: President.uz

Uchrashuvda O‘zbekiston – Malayziya munosabatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Joriy yil boshidan o‘zaro savdo hajmi 25 foizga oshgani, qo‘shma korxonalar va aviaqatnovlar soni ko‘paygani ta’kidlandi. Shuningdek, Toshkentda ikki mamlakat ishbilarmonlari ishtirokida biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tomonlar «yashil» energetika, neft-gaz, elektronika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, geologiya va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek