Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni murakkablashtirildi

eʼlon qilindi
Yangi tartib bo‘yicha imtihonlar 2025-yil 10-iyuldan boshlanadi
Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni murakkablashtiriladi / Foto: HED

Rossiyada ishlash va yashash istagidagi xorijiy fuqarolardan olinadigan imtihon tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Rossiya Ta’lim va fan sohasida nazorat bo‘yicha deferal xizmati ma’lum qildi.

Endilikda ish ruxsatnomasi yoki patent olish imtihonida eshitish bo‘limidagi topshiriqlar soni 2 tadan 4 taga oshiriladi. Shuningdek, eshitish va gapirish bo‘limlari uchun majburiy ball talab etiladi.

Bu o‘zgarishlar vaqtincha yoki doimiy yashash ruxsatnomasi imtihonlariga ham taalluqli bo‘lib, baholashning yagona yondashuviga erishish maqsadida joriy etilgan. Imtihon savollari 2025-yil 23-iyundan boshlab ikki baravarga kengaytiriladi.

Yangi tartib bo‘yicha imtihonlar 2025-yil 10-iyuldan boshlanadi. Rasmiylar bu choralar rus tilini bilish darajasini adolatli baholash va uni o‘rganishni rag‘batlantirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada kvota asosida ishlayotgan migrantlar imtihondan ozod etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek