
Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil etildi. Ushbu muhim lavozimga Saidа Mirziyoyeva tayinlandi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi.
Unga ko‘ra, Mirziyoyeva shu vaqtga qadar prezident maslahatchisi o‘rinbosari – prezident Administratsiyasi ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Saida Mirziyoyevani mukofotlagan edi.