Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ladi

eʼlon qilindi
24–25-iyun kunlari
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ladi. Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan joriy yilning 24–25-iyun kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi do‘stlik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Xususan, savdo hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, konchilik, transport kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, sammit yakunida ikki davlat o‘rtasida bir qator hujjatlar va kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Ostonada bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – Xitoy» ikkinchi sammitida ishtirok etgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek