Tashish xarajatlari 30% gacha oshishi mumkin: prezident savdo va logistika bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Yig‘ilishda tashqi savdo, logistika, transport va investitsiya sohalarida tezkor choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi
Prezident savdo va logistika bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi / Foto: Davlat rahbari matbuot xizmati

Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar O‘zbekistonning tashqi savdo yo‘llariga bosimni kuchaytirmoqda. Yuklarni xavfsiz portlarga ko‘chirish zarurati transport xarajatlarining 30 foizgacha oshishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 23-iyun kuni o‘tkazgan yig‘ilishda aytib o‘tildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Yig‘ilishda tashqi savdo, logistika, transport va investitsiya sohalarida tezkor choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, yuk tashish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, muqobil portlar bilan kelishuvga erishish va eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov / Foto: Davlat rahbari matbuot xizmati

Bundan tashqari, ishlab chiqarishni izchil davom ettirish hamda ichki bozorda narx barqarorligini saqlash muhimligi qayd etildi. Mazkur vazifalar Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa mas’ul idoralarga yuklatildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron qurolli kuchlari Yaqin Sharqda joylashgan AQSh harbiy bazalariga raketa hujumi uyushtirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek