
Vivo kompaniyasi tomonidan yangi budjet Vivo Y29t 5G smartfoni taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Ushbu model katta ekran, sig‘imli batareya va mustahkam korpusga ega. Qurilma chang va suv sachrashlariga qarshi IP64 standarti bo‘yicha himoyalangan hamda MIL-STD-810H harbiy standartdagi zarbaga chidamlilikka ega.
Yangi Vivo Y29t 5G 167,3 × 76,95 × 8,19 mm o‘lchamda bo‘lib, og‘irligi 202 grammni tashkil etadi. Smartfon 6,74 dyuymli HD+ (1600×720) LCD ekran, 90 Gs yangilanish tezligi va maksimal 570 nit yorqinlikni taklif qiladi. Ichki jihozlar qatoriga MediaTek Dimensity 6300 protsessori, 6 yoki 8 GB tezkor xotira va 256 GB gacha doimiy xotira kiradi.
Smartfonning asosiy kamerasi 50 megapikselli moduldan iborat bo‘lib, old kamerasi 5 MP.

Operatsion tizim sifatida Android 15 asosidagi Funtouch OS 15 ishlatiladi. Qurilma 6000 mA·soat sig‘imli akkumulyator va 15 Vt quvvatli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Vivo Y29t 5G yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, microSD sloti, ikkita 5G SIM-karta, ikki diapazonli Wi-Fi, Bluetooth 5.4, GPS, NFC va USB Type-C porti bilan jihozlangan. Narxi taxminan $260 ni tashkil etadi.
Vivo – Xitoyning yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, 2009-yilda tashkil etilgan. Kompaniya arzon va o‘rta toifadagi telefonlari bilan mashhur. Vivo innovatsion texnologiyalar, sifatli kamera tizimlari va zamonaviy dizaynni taqdim etadi. Shuningdek, u o‘zining Funtouch OS operatsion tizimi va kuchli batareyali modellari bilan ajralib turadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Vivo eng yupqa modellardan birini taqdim etgani haqida yozgan edi.