25–26-iyun kunlari dunyo bo‘ylab magnit bo‘roni kuzatiladi

25–26-iyun kunlari Yer atrofidagi geofizik muhitda geomagnit faollikning kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiyaning IKI va ISZF Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.
Mutaxassislarning tushuntirishicha, magnit bo‘ronlariga sabab quyoshdagi katta koronal teshikdir. Ushbu teshikdan chiqayotgan yuqori tezlikdagi quyosh shamollari Yerga qarab yo‘nalgan.
Modellarga ko‘ra, quyosh shamollari tezligi 600 km/soatgacha yetishi mumkin. Bu odatdagi me’yordan 50 foiz yuqori. Shu bilan birga, olimlar may oyidagi baholarda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganini, u paytda tezlik 900 – 1000 km/soatgacha yetganini eslatib o‘tmoqda.
Ayni paytda mavjud prognozlar «G2» darajasidagi (o‘rtacha) geomagnit bo‘roni 25-iyun o‘rtalariga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, kuchayish ehtimoli mavjud — «G3» (kuchli) darajaga chiqish ehtimoli 15 foiz, bo‘ron umuman jiddiy darajaga yetmasligi ehtimoli esa 20 foiz deb baholanmoqda.
Bo‘ronlar sun’iy yo‘ldoshlar, aloqa tizimlari, elektr tarmoqlari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, qutb nurlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bugungi kunda atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo‘layotgan omillar, ularning oqibatlari va yechim yo‘llari haqida kerakli ma’lumotlarni keltirib o‘tgandi.
Shuningdek, «Kursiv» 24-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 15-28°, kunduzi esa 28-44° atrofida bo‘lishi haqida yozgandi.