Beelab va Anorbank O‘zbekiston digital-bank bozorida hamkor bo‘ldi

eʼlon qilindi
Ushbu hamkorlik Beelab’ning bank sektoridagi strategik hamkorlari qatorini kengaytiradi
Foto: Beeline Uzbekistan

Beelab, fintex kompaniyasi va Beepul to‘lov servisi ishlab chiqaruvchisi, raqamli bank Anorbank bilan o‘zaro anglashuv va strategik hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi. Ushbu hamkorlik Beelab’ning bank sektoridagi strategik hamkorlari qatorini kengaytiradi hamda kompaniyaning O‘zbekistonning yetakchi moliyaviy institutlari bilan hamkorlikka ochiq bo‘lgan texnologik platforma sifatidagi mavqeyini mustahkamlaydi.

Hamkorlikdan maqsad texnologik infratuzilmani birlashtirish va butun mamlakat bo‘ylab millionlab foydalanuvchilarga taqdim etiladigan raqamli moliyaviy mahsulotlarni yaratishdir. Tomonlar Anorbank’ning bank xizmatlarini Beepul ekotizimiga integratsiya qilish bo‘yicha birgalikda ishlashni boshlaydi.

Hamkorlik doirasida qo‘shma kobrend kartalar chiqarish, bankning mikrozaymlarini Beepul ilovasi orqali berish va qaytarish, shuningdek, Beepul foydalanuvchilari uchun muddatli to‘lov dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Loyihaning birinchi bosqichi 2025 yilning uchinchi choragida boshlanadi. Uni amalga oshirish ustida Beelab va Anorbank’ning qo‘shma mutaxassislar jamoalari ishlaydi.

«Biz O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun naqd pulsiz moliyaviy xizmatlarni yanada xavfsiz, tez va qulay qilishga intilamiz. Anorbank bilan hamkorlik Beepul platformasini rivojlantirish va mijozlarimiz uchun foydali yechimlar yaratishda yangi imkoniyatlar ochadi», – dedi AJ Beelab bosh direktori Anatolii Pavlinov.

Foto: Beeline Uzbekistan

«Beelab bilan hamkorlik biz uchun mijozlar bilan yangi aloqa nuqtalarini yaratish va faoliyat kanallarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Biz zamonaviy auditoriya talablariga javob beradigan innovatsion yechimlarni joriy etish orqali Anorbank’ning raqamli ekotizimini rivojlantirishga intilamiz», – deya ta’kidladi Anorbank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Anvar Saydullayev.

Memorandum tomonlarning O‘zbekistonda yangi avlod qulay raqamli yechimlarni yaratish uchun fintech va bank tajribasini birlashtirish imkonini beruvchi texnologik hamkorlikka intilishini aks ettiradi. Bu hamkorlik onlayn tezkor va xavfsiz to‘lovlar, xaridlar hamda mobil qurilmalarda to‘liq moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan.

Beepul servisi haqida

Beepul – O‘zbekiston Respublikasidagi 1000 dan ortiq xizmat va servislar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda universal yordamchi. Kommunal xizmatlar, mobil aloqa, internet, onlayn xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqa imkoniyatlar bitta ilovada va mobil telefon ekraniga bir necha marta teginish orqali amalga oshiriladi. Beepul O‘zbekistonning barcha mobil aloqa operatorlari mijozlariga kartalar o‘rtasida bir zumda pul o‘tkazmalari, karta rasmiylashtirish, mikroqarz olish, to‘lovlarni boshqarish hamda barcha operatsiyalar uchun BEEP-bonuslar hisoblanadigan noyob sodiqlik dasturini taklif etadi. Beeline Uzbekistan’dan avtomatik to‘lovlar, bonus dasturlari va maxsus takliflardan foydalaning. Beepul bilan qulay, tez va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshiring.

Beepul ilovasini AppStore va GooglePlay orqali yuklab oling

Telegram: @beepuluzb

Instagram: @beepul.uz

Facebook: @beepul.uz

Anorbank haqida

Anorbank – O‘zbekistonning zamonaviy raqamli banki bo‘lib, onlayn xizmatlarning yuqori texnologiyasi va jismoniy bo‘limlarning qulayligini o‘zida mujassam etgan. 2020-yilda tashkil etilgan bank keng qamrovli moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi: pul o‘tkazmalaridan tortib mikroqarzlar, omonatlar, bank kartalari va xalqaro to‘lovlargacha. Mobil ilova orqali oson boshqarish, shaffof shartlar va mijozga yo‘naltirilgan yondashuv Anorbankni qulaylik, tezkorlik va ishonchlilikni qadrlaydigan insonlarning tanloviga aylantirmoqda.

Anorbank mahsulotlari va xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni bankning veb-saytidan, mobil ilovasidan hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida

Shuningdek