Cobalt ishlab chiqarish o‘sishi sekinlashdi

24-iyun 2025 13:59 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Cobalt
Cobalt ishlab chiqarish o‘sishi sekinlashdi / Rasm: Sora sun’iy intellekti yordamida yaratildi

O‘zbekistonda Cobalt ishlab chiqarish o‘sishi ko‘rsatkichi yil sayin pasaymoqda. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2025-yilning yanvar – may oylarida jami 156 mingdan ortiq yengil avtomobillar ishlab chiqarildi.

Shu davrda Cobalt markali avtomobillardan 58 904 dona ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4% ga ko‘p bo‘lsa-da, model bo‘yicha ishlab chiqarish o‘sishida 2022-yildan boshlab sezilarli pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda.

2025-yilning yanvar – may oylarida O‘zbekistonda 18 079 dona Tracker avtomobili ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 6,2% ga kamayganini ko‘rsatadi. O‘tgan yili shu davrda 19 279 dona Tracker ishlab chiqarilgan edi.

Foto: Chatgpt yordamida tayyorlandi

Yangi modellar o‘sishda davom etmoqda

2025-yilda boshqa modellar bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari quyidagicha:

  • Tracker – 18 079 dona (2024-yilga nisbatan 6,2% ga kamaydi)
  • Onix – 16 215 dona (+8,8%)
  • Kia – 10 076 dona (+35,6%)
  • Chery – 3 362 dona (−15,9%)
  • Haval – 2 930 dona (2024-yilga nisbatan 12,7 martaga oshgan)
  • BYD – 5 495 dona (birinchi marta hisobotda qayd etilgan)
  • Maxsus yengil avtomobillar – 17 397 dona (2024-yilga nisbatan +74,0%)

2024-yilda ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Gentra modelining bu yil birorta nusxasi ishlab chiqarilmadi. Bu model 2021-yilda 16 848 dona, 2022-yilda esa 35 381 dona ishlab chiqarilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan may oyida ishlatilgan Cobalt narxi qanchaga arzonlashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek