Dehqonobod tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 5 yilga qamaldi
eʼlon qilindi
$5 ming miqdorida pora olayotgan vaqtida

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimining sobiq o‘rinbosari Sherdil Ergashov besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Rasul Kusherbaev ma’lum qildi.
U «Global commerce» MChJ tomonidan qurilgan obyektdan foydalanishga topshirish dalolatnomasiga imzo qo‘yish evaziga $5 ming miqdorida pora olayotgan vaqtida ushlandi.
Sud qaroriga ko‘ra, u ikki yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etildi. Bundan tashqari, besh yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
2025-yil 11-iyun kuni apellyatsiya sudi birinchi instansiya hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdori pora bilan qo‘lga olingani haqida yozgandi.