Endi IIV va FVV xodimlari elektrdan behuda foydalanish holatlarini rasmiylashtira oladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan yangi qonun loyihasi energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish mexanizmlarini kuchaytirmoqda. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, IIV va FVV xodimlariga elektr energiyasidan behuda foydalanish holatlarini rasmiylashtirish huquqi berilishi taklif qilinmoqda.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar ham bu turdagi huquqbuzarliklar uchun javobgar subyekt sifatida ko‘riladi. Elektr, gaz va suv tarmoqlariga noqonuniy ulanib, o‘g‘irlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Tashabbuskorlar hujjat huquqbuzarliklarning oldini olish va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirilishi haqida yozgan edik.