«Eng namunali yashil turizm obyekti» tanlovi har yili o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Turizm qo‘mitasi har yili 1-iyulgacha tanlov haqida rasmiy e’lon beradi
«Eng namunali yashil turizm obyekti»
«Eng namunali yashil turizm obyekti» tanlovi har yili o‘tkaziladi / Rasm: Sora sun’iy intellekti yordamida yaratilgan

Hukumat qarori bilan «Eng namunali yashil turizm obyekti» tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi belgilandi.

Mazkur tanlov chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirishga hissa qo‘shayotgan turizm sohasi tadbirkorlari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov har yili sentabr – noyabr oylarida ikki bosqichda tashkil etiladi:

  • Hududiy bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
  • Respublika bosqichi – hududiy bosqich g‘oliblari o‘rtasida.

Turizm qo‘mitasi har yili 1-iyulgacha tanlov haqida rasmiy e’lon beradi.

Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin – BHMning 150 baravari,
  • 2-o‘rin – BHMning 100 baravari,
  • 3-o‘rin – BHMning 50 baravari.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek