iOS 26’dagi yangi energiya tejovchi rejim qaysi iPhone’larda ishlaydi

iOS 26 operatsion tizimida akkumulyator quvvatini tejashga qaratilgan Adaptive Power Mode (Moslashuvchan quvvat rejimi) nomli yangi funksiya paydo bo‘ldi.
Garchi yangi tizim nisbatan eski Apple smartfonlari bilan ham mos kelsa-da, bu funksiyadan hamma foydalana olmaydi.

Ma’lum qilinishicha, yangi funksiyadan faqat quyidagi qurilma egalari foydalanishi mumkin:
- iPhone 15 Pro / 15 Pro Max
- iPhone 16 / 16e / 16 Plus / 16 Pro / 16 Pro Max
Apple’ning aytishicha, Adaptive Power Mode funksiyasi smartfonning ishlash muddatini uzaytirish maqsadida «ishlash unumdorligiga kichik o‘zgarishlar kiritadi». Masalan, ekran yorqinligi biroz pasaytiriladi yoki ayrim vazifalarning bajarilishi sekinlashadi.
Adaptive Power Mode odatda faol holatda bo‘lmaydi. Uni yoqish uchun «Sozlamalar» (Settings) → «Batareya» (Battery) → «Quvvat rejimi» (Power Mode) bo‘limiga o‘tish kerak.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone 17 yangi ranglarda taqdim etilishi mumkinligi haqida yozgandi.