Yangiliklar

Markaziy Osiyo va dollar: qo‘shni respublikalarda AQSh valyutasining qiymati qanday

Qozog‘iston valyutasining AQSh dollariga nisbatan qiymati so‘nggi kunlarda biroz o‘sdi
Markaziy Osiyo va dollar: qo‘shni respublikalarda AQSh valyutasining qiymati qanday / Foto: Depositphotos

AQSh dollarining so‘mga nisbati so‘nggi ikki hafta ichida keskin pasaydi. Jumladan, oy boshida dollar kursi 12 834,61 so‘m bo‘ldi. 23-iyunga kelib esa 12 410,99 so‘mga tushdi. Bu davr mobaynida dollar kursi 3,3 foizga pastladi. Kursiv Uzbekistan Markaziy Osiyo davlatlarida dollar kursi qanday o‘zgarayotgani bilan qiziqdi.

O‘zbekiston

16-iyun kuni 1 dollar 12 715,13 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 17-iyunda 12 668,14 so‘mga tushdi. AQSh valyutasi 18-iyunda 12 618,63 so‘mga pastladi. 19-iyun kuni dollar yana biroz arzonlab, 12 559,26 so‘mni tashkil etdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 20-iyun kuni dollar kursi 12 496,94 so‘mga tenglashdi. 23-iyun kuni dollar kursi 85,95 so‘mga pasayib, 12 410,99 so‘m qilib belgilandi.

Qozog‘iston

Qozog‘iston valyutasining AQSh dollariga nisbatan qiymati so‘nggi kunlarda biroz o‘sdi. 16-iyun kuni 1 AQSh dollari 511,92 tenge bo‘lgan bo‘lsa, 17-iyun kuni bu ko‘rsatkich 512,44 tengega yetdi. 18-iyunda kurs keskinroq o‘zgarib, 517,45 tengega ko‘tarildi. 19-iyun kuni dollar 518,81 tengega, 20-iyunda esa 519,55 tengega almashdi. 21-iyun kuni dollar narxi 521,57 tengega yetib, 22 va 23-iyun kunlari ham shu darajada saqlanib qoldi. Bu ma’lumotlar Qozog‘iston bozorida AQSh dollarining so‘nggi haftadagi barqaror o‘sishini ko‘rsatmoqda.

Qirg‘iziston

2025-yil 16-iyundan 23-iyungacha bo‘lgan davrda 1 AQSh dollarining Qirg‘iziston somiga nisbatan kursi o‘zgarmadi. Har kuni dollar 87,45 som darajasida saqlanib turdi. Ushbu barqarorlik valyuta bozorida muvozanatli holat yuzaga kelganini bildiradi.

AQSh dollarining somda o‘zgarishi

Foto: Nbkr.kg

Tojikiston

2025-yil 16-iyundan 23-iyungacha Tojikiston somonisining AQSh dollariga nisbatan kursi asta-sekin mustahkamlanib bordi.

16-iyun kuni 1 dollar 10,1394 somoni bo‘lgan bo‘lsa, 17-iyunda kurs 10,1235 ga tushdi. 18-iyunda u 10,0864 somoniga yetdi. 19-iyun kuni sezilarli pasayish kuzatilib, dollar 9,9114 somoniga tenglashdi. 20-iyun kuni bu qiymat deyarli o‘zgarmay, 9,9116 somoni bo‘ldi. 23-iyun kuni esa 1 AQSh dollari 9,9074 somoni qilib belgilandi.

AQSh dollarining somonida o‘zgarishi

Turkmaniston

Turkmaniston milliy valyutasining AQSh dollariga nisbati iyun oyida o‘zgarmadi — 1 AQSh dollari 3,50 turkman manatiga teng bo‘lib qolmoqda. Biroq mamlakatda valyutaning erkin konvertatsiyasi mavjud emas (O‘zbekistondagi 2017-yilgacha bo‘lgan davrni eslatadi), shu sababli norasmiy bozorda dollar kursi rasmiy ko‘rsatkichdan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri nashri dollar bo‘yicha yangi prognozlar e’lon qilgani haqida yozgan edi.