Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga yetib bordi
eʼlon qilindi
Mo‘g‘uliston Respublikasi prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan

Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Mo‘g‘uliston Respublikasi prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan Mo‘g‘ulistonga yetib bordi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.



O‘zbekiston rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.