Namunali vazirliklar reytingi e’lon qilindi
eʼlon qilindi
Raqamli texnologiyalar vazirligi reyting yetakchisi bo‘ldi

«O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash» dasturi doirasida «Namunali vazirlik» nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 1-o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi egalladi. 2-o‘ringa Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 3-o‘ringa esa Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi loyiq deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston BMTning elektron hukumatlar rivojlanish darajasi bo‘yicha global reytingida 24 pog‘onaga yuqorilagani haqida yozgan edik.