O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilgan 8,2 kg giyohvandlik moddasi ushlab qolindi

eʼlon qilindi
Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi
O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilgan 8,2 kg giyohvand modda ushlab qolindi / Foto:

Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qo‘shni davlatlardan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan jami 8,2 kg giyohvandlik moddasi musodara etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

DXX va IIO organlari hamkorligida o‘tkazilgan reydda surxondaryolik shaxs 896 gr «gashish» moddasi bilan ushlangan, uning uyidan esa qo‘shimcha 2 kg 260 gr «opiy» topilgan. Namanganda esa avtomashina salonidan 2 kg 990 gr «gashish» aniqlangan, bu modda Qirg‘izistondan keltirilgani ma’lum bo‘ldi.

Farg‘onada ikki shaxs 487 gr «gashish»ni $5 mingga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Ularning birining uyidan yana 599 gr modda topilgan. Samarqand viloyatida esa ilgari bir necha bor sudlangan shaxslar 982 gr «opiy»ni $8 mingga sotayotgan paytda ushlandi.

Barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX tomonidan sifat sertifikatisiz dorilarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgan edi.

Shuningdek