Yangiliklar

O‘zbekiston vakili Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari komissiyasiga saylandi

A’zolarga inson huquqlarini himoyasiga oid bir necha vazifalar yuklatiladi
O‘zbekiston vakili IHT Inson huquqlari komissiyasiga saylandi / Foto: «Dunyo» AA

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari, professor Mirzatillo Tillaboyev IHT Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasiga uch yillik muddatga a’zo etib saylandi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Mazkur saylov O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro obro‘-e’tibori ortib borayotganidan dalolat beradi. Sessiya doirasida Istanbul deklaratsiyasi qabul qilinib, sun’iy intellektga oid Jidda deklaratsiyasi ham tasdiqlandi. Shuningdek, O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazilgan IV Samarqand forumi ham alohida e’tirof etildi.

Yangi saylangan komissiya a’zolari IHTga a’zo davlatlarda inson huquqlarini himoya qilish, islomofobiyaga qarshi kurashish, ayollar va bolalar huquqlarini ilgari surish kabi dolzarb masalalarda faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq endi tergov jarayonida shaxs huquqlariga rioya etilishi nazorat qilinishi haqida yozgan edik.